Me’mor Uzbekistan
← Barcha xizmatlar

Rekonstruksiya va kapital ta’mirlash

Eski binolarni yangilaymiz va yangi vazifalarga moslaymiz: qayta rejalashtirish, konstruksiyalarni kuchaytirish, tom va tarmoqlarni almashtirish. Avval binoni tekshiramiz, keyin yechim taklif qilamiz.

Xizmatlar

Ishga nimalar kiradi

Tekshiruv

Konstruksiyalar ko‘rigi, holat va ish hajmini baholash.

Qayta rejalashtirish

Pardevorlarni ko‘chirish, yangi proyomlar, rejani o‘zgartirish.

Konstruksiyalarni kuchaytirish

Loyiha bo‘yicha devor, yopma va poydevorni kuchaytirish.

Tom

Tom va tarnovlarni ta’mirlash yoki to‘liq almashtirish.

Muhandislik tarmoqlari

Elektr, suv quvuri, kanalizatsiya va isitishni almashtirish.

Qo‘shimcha qurilish va ustqurma

Loyiha va ruxsatnomalar mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha xonalar va qavatlar.

Obyektlarimizdan
Qolip va stoykalar
JarayonQolip va stoykalar
Ichki pardoz
JarayonIchki pardoz
Lobbi, Yunusobod Residence
TayyorLobbi, Yunusobod Residence
Yorug‘ mehmonxona
TayyorYorug‘ mehmonxona
Ish tartibi

Bosqichlar

  1. Ko‘rik

    Binoni va vazifalaringizni o‘rganamiz.

  2. Tekshiruv va yechim

    Konstruksiyalar holatini aniqlab, yechim taklif qilamiz.

  3. Smeta va shartnoma

    Hajm, narx va muddatni kelishamiz.

  4. Ishlar

    Ishlarni bosqichma-bosqich bajaramiz.

  5. Topshirish

    Yangilangan obyektni topshiramiz.

Smeta

Narx nimaga bog‘liq

  • Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar holati.
  • Demontaj va kuchaytirish hajmi.
  • Almashtiriladigan tarmoqlar ro‘yxati.
  • Loyiha va kelishuvlar zarurati.

Obyektingiz haqida aytib bering

Aniq narx va muddatni ko‘rikdan keyin aytamiz. Ariza qoldiring, siz bilan bog‘lanamiz.

FAQ

Savol-javoblar

Qayta rejalashtirishga ruxsat kerakmi?

Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarga daxldor ishlar loyiha va kelishuvni talab qiladi. Ko‘rikda sizning holatingizda nima kerakligini aytamiz.

Ishlarni bosqichma-bosqich olib borsa bo‘ladimi?

Ha. Binoning bir qismidan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun ishlarni bosqichlarga bo‘lamiz.

Nimadan boshlash kerak?

Ariza va ko‘rikdan. Ko‘rikdan keyin ish hajmi aniq bo‘ladi.

Boshqa xizmatlar

Loyihangizni muhokama qilamiz

Ism va telefoningizni qoldiring. Ish vaqtida, 09:00 dan 18:00 gacha qo‘ng‘iroq qilamiz.