Me’mor Uzbekistan
← Barcha xizmatlar

Kalit taslim qurilish

Butun jarayonni o‘z zimmamizga olamiz: uchastkani tayyorlashdan tayyor uy yoki binoni topshirishgacha. Siz o‘nlab brigadalar bilan emas, bitta pudratchi bilan ishlaysiz.

Xizmatlar

Ishga nimalar kiradi

Uchastkani tayyorlash

Belgilash, tekislash va qurilish maydonchasini tashkil etish.

Poydevor

Loyiha bo‘yicha yer ishlari, armaturalash, qolip va beton quyish.

Devorlar va yopmalar

G‘isht terish yoki monolit karkas, yopmalar, zinalar.

Tom

Stropila tizimi yoki tekis tom, issiqlik izolyatsiyasi va gidroizolyatsiya.

Muhandislik tarmoqlari

Elektr, suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitish va ventilyatsiya.

Derazalar, fasad va pardoz

Oynalash, fasad issiqlik izolyatsiyasi va pardozi, ichki pardoz.

Obyektlarimizdan
Plita armaturasi
Poydevor armaturasi
JarayonPoydevor armaturasi
Beton nasos bilan quyilmoqda
JarayonBeton nasos bilan quyilmoqda
Monolit karkas
JarayonMonolit karkas
Beton parvarishi
JarayonBeton parvarishi
Ish tartibi

Bosqichlar

  1. Ariza va ko‘rik

    Vazifani muhokama qilamiz va uchastkani ko‘rikdan o‘tkazamiz.

  2. Loyiha va smeta

    Loyiha, materiallar va bosqichma-bosqich smetani kelishamiz.

  3. Shartnoma

    Ish hajmi, narx va muddatni belgilab qo‘yamiz.

  4. Qurilish

    Ishlarni bosqichma-bosqich olib boramiz va har birining natijasini ko‘rsatamiz.

  5. Obyektni topshirish

    Tayyor obyekt va bajarilgan ishlar hujjatlarini topshiramiz.

Smeta

Narx nimaga bog‘liq

  • Binoning maydoni va qavatlar soni.
  • Poydevor turi va uchastka grunti.
  • Devor va tom materiali.
  • Muhandislik tarmoqlari tarkibi va pardoz darajasi.

Obyektingiz haqida aytib bering

Aniq narx va muddatni ko‘rikdan keyin aytamiz. Ariza qoldiring, siz bilan bog‘lanamiz.

FAQ

Savol-javoblar

Mening loyiham bo‘yicha uy qursa bo‘ladimi?

Ha. Loyihangizni o‘rganamiz, hajmlarni tekshiramiz va smeta tayyorlaymiz. Loyiha bo‘lmasa, qanday uy kerakligini muhokama qilib, nimadan boshlashni aytamiz.

Ishlarning faqat bir qismiga buyurtma bersa bo‘ladimi?

Ha. Alohida bosqichga buyurtma berish mumkin: poydevor, uy korobkasi, tom yoki pardoz.

Narxni qanday bilsa bo‘ladi?

Ariza qoldiring. Uchastka ko‘rigi va loyihani o‘rganishdan keyin bosqichma-bosqich smeta tayyorlaymiz.

Boshqa xizmatlar

Loyihangizni muhokama qilamiz

Ism va telefoningizni qoldiring. Ish vaqtida, 09:00 dan 18:00 gacha qo‘ng‘iroq qilamiz.